“O‘ZMETKOMBINAT” VAKILLARI KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANISHDI
Bugun, 6-noyabr kuni “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJda O‘zbekiston Kasaba uyushmalarining 120 yillik yubileyiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kombinat Boshqaruvi raisi - Bosh direktori, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari hamda korxona faxriylari ishtirok etishdi.
Yubiley munosabati bilan O‘zbekiston Qahramoni, mehnat faxriysi To‘ychiyev Olimjon Ismoilovich hamda “O‘zmetkombinat” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Velliullayeva O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Bu e’tirof nafaqat mehnat faxriylarimizning, balki butun jamoamizning fidokorona mehnatiga berilgan munosib bahodir.
“O‘zmetkombinat” jamoasi o‘z mehnati, sadoqati va Vatanga bo‘lgan muhabbati bilan sanoat sohasining taraqqiyotiga hissa qo‘shishda davom etadi.