Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

13.11.2025 13.11.2025 87

          

11–14-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahridagi “Ekspoforum” ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tayotgan “Metall-Expo 2025” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “O‘zmetkombinat” AJ ham ishtirok etmoqda. Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan qora va rangli metallurgiya sohasidagi yetakchi kompaniyalar, uskuna ishlab chiqaruvchilari hamda muhandislik tashkilotlari o‘z ishlanmalari va mahsulotlarini namoyish qilmoqda.

Kombinatdan Ichki sotuv boshqarmasi boshlig‘i Sohib Qayumov ko‘rgazmada ishtirok etib, xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazmoqda. Tadbir doirasida Gruziyaning "MG Group" kompaniyasi bilan issiq prokatlangan rulon mahsulotlarini sotish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishildi.

“Metall-Expo 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etish “O‘zmetkombinat” AJ uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, eksport yo‘nalishlarini kengaytirish va mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

 

3.00

(3 ovoz)