Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

04.12.2025 04.12.2025 53

    

“O‘zmetkombinat” AJ ob‘yektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan profilaktik va amaliy tadbirlar yanada kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. 

Ushbu tadbirlar korxonada mehnat qilib kelayotgan ishchi-xizmatchilar xavfsizligini ta’minlash, ob‘yektlarda yong‘in yuzaga kelishi xavfining oldini olish hamda fuqarolarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
Tadbirlar doirasida xodimlarga korxona hududlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar sabablari va ularning oldini olish choralari, yong‘in sodir bo‘lgan holda amal qilinadigan xavfsizlik qoidalari, evakuatsiya tartib-qoidalari,  o‘t o‘chirgichlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish usullari, is gazi oqibatlari, gaz-havo aralashmasining chaqnash holatlari va ulardan saqlanish yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, metallurglar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilmoqda. Ularda haqiqiy sharoitga yaqinlashtirilgan holatlarda yong‘in o‘chiruv quvurlari, maxsus qurollar va o‘t o‘chirgichlardan foydalanish bo‘yicha amaliyotlar bajarildi. Bu esa xodimlarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“O‘zmetkombinat” AJda o‘tkazilayotgan ushbu chora-tadbirlar xodimlar xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish madaniyatini yuksaltirish va ish jarayonlarini yanada xavfsiz qilish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

 

0

(0 ovoz)