Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

VAKANT LAVOZIMGA OCHIQ TANLOV E’LON QILADI

09.01.2026 09.01.2026 297

Ochiq tanlovda qatnashish uchun nomzodlardan anketa-rezyume va shaxsiy hujjatlar (diplom nusxasi, pasport nusxasi, mehnat daftarchasi nusxasi va rasm) resume@uzbeksteel.uz pochta manzili orqali 2026 yil 09-yanvardan 2026 yil 20-yanvargacha qadar qabul qilinadi.

“O‘zmetkombinat” AJda nomzodning yuborilgan anketa-rezyumesi ijobiy xulosa uyg‘otsa, anketa-rezyumeda ko‘rsatilgan telefon raqami yoki elektron pochta manzili orqali bog‘laniladi.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

 

Birinchi bosqich,

Nomzodlar yuborgan anketa-rezyumelari va hujjatlar tegishli mas’ullar ishtirokida tanlov e’lon qilingan lavozimning malakaviy va qo‘shimcha lavozim talablariga mos kelishi bo‘yicha o‘rganib chiqiladi hamda saralanadi. Vakant lavozimga mos kelgan nomzodlar keyingi bosqich – test sinovlariga taklif etiladi.

 

Ikkinchi bosqich,

Test sinovlarini “O‘zmetkombinat” AJning Toshkent viloyati, Bekobod shahridagi maxsus binosida o‘tkazish rejalashtirilgan. Test sinovi soha bo‘yicha hamda nomzodlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, xalqaro standartlar, moliyaviy va komplaens nazorat, iqtisodiy va boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalari hamda mantiqiy fikrlashga saloxiyatini birlamchi baholash uchun o‘tkaziladi. Test sinovlaridan minimal o‘tish bali – 80 ball. Sinov jarayonlari videotasvirga olinadi.

 

Uchinchi bosqich,

Test sinovlaridan eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar bilan “O‘zmetkombinat” AJ tegishli mas’ullari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirokida onlayn shaklda suhbat o‘tkaziladi.

 

“O‘zmetkombinat” AJ Komplaens xizmati boshlig‘i vakant lavozimiga nisbatan ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan minemal talablar:

-  yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

- mutaxassisligi bo‘yicha kamida 4 yillik ish stajiga ega bo‘lishi. Bunda komplaens va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ish stajiga ustuvorlik beriladi;

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lishi.

Qo‘shimcha talablar:

-Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid Qonunlar va qonun osti hujjatlardan xabardorligi;

- Komplaens nazoratni vazifalariga doir qonunbuzilish holatlari yuzasidan tekshirish hamda tekshiruv natijalarini hujjatlashtira olish;

-Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro standardlarni jamiyat faoliyatiga joriy eta olish;

-Zamonaviy fikrlash, sohaga oid takliflar berish hamda ularni amaliyotga joriy etish;

- Mas’uliyatlilik, vijdonlilik, halollik, samaradorlik, tirishqoqlik, stressga chidamlik xislatlarining mavjudligi;

- Kompyuter savodxonligi, ofis dasturlarini mukammal bilish;

- O‘zbek tilida ish yurita olish, og‘zaki nutq uchun erkin darajada bilishi shart. Rus va ingliz tillarini bilishi ma’qullanadi.

 

Vazifalari, funksional majburiyatlari:

-jamiyatda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish;

- korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish;

- jamiyat xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash;

-jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;

- tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

- tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.

 

Hamkorlik shartlari:

-Bandlik shakli: Ofisda/to‘liq bandlik;

-Ishga qabul qilishda 3 oylik sinov muddati;

-Ish tartibi (09:00 dan 18:00 gacha, Dushanba-juma);

-Mehnat qonunchiligi doirasida ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilishi mumkin;

-Uzoq muddatli xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.

 

Nomzodlarga cheklovlar:

- tegishli ma’lumotning yetishmasligi;

- nomzodga nisbatan ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan minemal talablarga javob bermasligi;

- sudlanganlik holati.

 
 

4.67

(3 ovoz)