+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

METALLURGLAR MILLIY TEATRDA

METALLURGLAR MILLIY TEATRDA
1 / 3

Xodimlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularga ijobiy kayfiyat va yorqin taassurotlar ulashish maqsadida Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan navbatdagi madaniy sayohat tashkil etildi.

24-yanvar kuni ishchi-xodimlarimiz O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurib, sahnada namoyish etilgan “Chiroylisan muhabbat” spektaklini tomosha qilishdi. Lirik komediya janridagi ushbu asar yumorga boy sahnalari, hayotiy voqealari va samimiy tuyg‘ular bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb etdi.

Teatrning mahoratli aktyorlari ijrosi, sahnadagi jonli obrazlar va ijodiy muhit xodimlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, maroqli dam olish imkonini yaratdi. Bunday madaniy tadbirlar jamoada hamjihatlikni mustahkamlab, ish jarayonida yanada ilhom bilan mehnat qilishga turtki beradi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş