KOMBINATDA SANOAT XAVFSIZLIGI VA SALOMATLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
“O‘zmetkombinat” AJda 2025-yilda sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi tizimida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Kombinatning sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi rahbar va xodimlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mehnat muhofazasi muhandislari hamda “Metallurg” shahar shifoxonasi shifokori ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Kombinatda sanoat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi hamda xodimlarning salomatligini ta’minlash sohasida olib borilayotgan ishlar haqida mas’ul rahbarlar tomonidan to‘liq ma’lumotlar berildi. Xususan, 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilindi, shuningdek, kamchilik va xatolarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda 2026-yilda sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi tizimini yanada takomillashtirish, yong‘in xavfsizligi va xodimlarning salomatligini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilab qo‘yilgan vazifalar va rejalar muhokama qilindi. Kombinat rahbariyati va mas’ul xodimlar ushbu vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga alohida e’tibor qaratdi.