Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

IS GAZIDAN OGOH BO‘LING!

27.01.2026 27.01.2026 79

Is gazi rangsiz, hidsiz va tamsiz bo‘lgan o‘ta xavfli zaharli gaz hisoblanadi. Uning inson salomatligi va hayoti uchun juda xavfli ekanini unutmaslik lozim. Ayniqsa, qish mavsumida isitish vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish is gazidan zaharlanish holatlariga olib kelishi mumkin. 

Is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish zarur: 

• qo‘lbola yoki nosoz isitish moslamalaridan foydalanmang; • tungi vaqtda isitish tizimlarini nazoratsiz qoldirmang; 
• oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang; 
• isitish pechlari hamda ularning dudburonlarining soz holatda bo‘lishiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga alohida e’tibor bering; 
• dudburonlarni maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalatib turishni unutmang; 
• gaz uskunalarini o‘rnatish va ulashda belgilangan tartib-qoidalarga amal qiling, ularni rezina shlangalar orqali ulashga yo‘l qo‘ymang; • xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmang. 

Esda tuting, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizning hayotini asrab qolishingiz mumkin. 
Hushyorlik va mas’uliyat har bir fuqaroning burchidir. 

“O‘zmetkombinat” AJ OFVB 
  inspektori J. Umirzoqov

 

0

(0 ovoz)