Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

“O‘ZMETKOMBINAT ” AJ QUYIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARI UCHUN TANLOV E’LON QILADI

02.02.2026 02.02.2026 179

Bo‘sh ish o‘rinlari:

 Tarozibon

 Omborchi

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

 Ma’lumoti: oliy yoki o‘rta-maxsus

(iqtisodiyot, moliya, va buxgalteriya yoki tegishli soha bo‘yicha amal qiluvchi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo‘lishi shart).

Tarozibon lavozimi bo‘yicha vazifalar:

 Kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan yuklarni belgilangan tartibda tarozidan o‘tkazish;

 Yuk vaznini aniq va to‘g‘ri qayd etish, hujjatlashtirish;

 Tarozilar va o‘lchov vositalarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;

 Hisob-kitob hujjatlari (yuk xatlari, dalolatnomalar va boshqalar)ni yuritish;

 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Omborchi lavozimi bo‘yicha vazifalar:

 Omborga kelib tushgan moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berish;

 Ombordagi mahsulotlarning hisobini yuritish va tartibli joylashtirish;

 Kirim-chiqim hujjatlarini rasmiylashtirish;

 Ombordagi mahsulotlar saqlanish holatini nazorat qilish;

 Inventarizatsiyada ishtirok etish;

 Mehnat muhofazasi va ichki tartib qoidalariga rioya qilish.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

 Ma’lumoti: oliy yoki o‘rta-maxsus

(iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya yoki tegishli soha bo‘yicha amal qiluvchi guvohnoma yoki sertifikat mavjud bo‘lishi shart).

Ish tajribasi:

 Tegishli sohada kamida 1 yil ish tajribasi bo‘lishi afzal.

Joy: “O‘zmetkombinat” AJ Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi,

Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uy (EPEB bekati)

Aloqa uchun: +998 90 052 39 68

 

5.00

(1 ovoz)