“O‘ZMETKOMBINAT”DA KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“O‘zmetkombinat” AJda Prezidentning tegishli qaroriga asosan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda xodimlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida korxonada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, jamoa o‘rtasida kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kombinatning har bir tarkibiy bo‘linmasidan ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul vakillar tayinlanib, ularga ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Mazkur tashabbus korxona jamoasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, xodimlarning ma’naviy saviyasini yuksaltirish hamda intellektual muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.