Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

TOG'-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI HAMDA “O‘ZMETKOMBINAT” RAHBARIYATI TOMONIDAN MUROJAATLAR KO‘RIB CHIQILDI

26.03.2026 26.03.2026 162

    


Bugun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida vazirning birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova, Bekobod shahar hokimi Nasrullo Boboyev hamda “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi — bosh direktori Bahodir Abdullayev ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari va takliflarini atroflicha ko‘rib chiqdi.

Murojaatlar asosan tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga oid dolzarb masalalar, ishlab chiqarish jarayonlari, infratuzilmani rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarni qamrab oldi. Har bir murojaat mas’ullar tomonidan batafsil o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib aniq choralar belgilandi.

Qabul jarayonida ko‘tarilgan masalalarning bir qismi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlar kesimida nazoratga olinib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

Mazkur jarayon fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini bevosita tinglash hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish orqali sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

3.75

(4 ovoz)