Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Payshanba: Rahbarlar yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

26.03.2026 26.03.2026 22

    

Bekobod shahrida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev, Bekobod shahar hokimi Nasrulla Babayev, DXX Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘apur Ahmedov, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvosit Abdurazakov hamda Yoshlar ishlari Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ishga joylashish, amaliyot o‘tash hamda kasbiy rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar, jumladan, yirik sanoat korxonalarida ishga joylashish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

So‘zga chiqqanlar yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga keng jalb etish, malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishidagi ishlar izchil davom ettirilayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida barcha murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi hamda yoshlar bilan ochiq va tizimli muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

 

0

(0 ovoz)