Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“DOLZARB 30 KUN” DAVOM ETMOQDA: KOMBINATDA HASHAR ISHLARI JADALLASHDI

28.03.2026 28.03.2026 56

“O‘zmetkombinat”da 2026-yil mart–aprel oylarida e’lon qilingan “Dolzarb 30 kun” loyihasi doirasida korxona hududlarini obodonlashtirish, ichki tartib-intizomni mustahkamlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Bugun mazkur loyiha doirasida hashar tadbirlari oldidan tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev xodimlarga har bir vazifaga mas’uliyat bilan yondashish, umumiy maqsad yo‘lida birlashish hamda hududlarni obodonlashtirishda faol ishtirok etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish xodimlarni hashar ishlariga puxta tayyorlash, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda “Dolzarb 30 kun” loyihasi doirasidagi ishlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirishga xizmat qildi.

Shundan so‘ng kombinat hududi bo‘ylab keng ko‘lamli hashar tadbirlari o‘tkazildi. Unda xodimlar tomonidan ishlab chiqarish sexlari, ma’muriy binolar, ichki yo‘laklar va ochiq hududlarda tozalash, tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Hashar davomida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va manzarali o‘simliklar ekish, mavjud yashil maydonlarni tartibga keltirish ishlari ham bajarildi. Mazkur tadbir jamoada hamjihatlikni mustahkamlash va korxona hududini yanada obod va tartibli holga keltirishga xizmat qildi.

 

0

(0 ovoz)