Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

FAVQULODDA VAZIYATLAR OYLIGI: “O‘ZMETKOMBINAT”DA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

14.04.2026 14.04.2026 72

    

Mamlakatimizda joriy yilning 1-aprelidan 1-mayiga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida aholi va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, muhofaza tizimlarini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan “O‘zmetkombinat” AJda OFVB hamda FV va RX bo‘limi hamkorligida “Namunali muhandislik-muhofaza inshooti” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda kombinatning tegishli xizmat va bo‘limlari vakillari ishtirok etib, fuqaro muhofazasi sohasiga oid zamonaviy yondashuvlar, muhandislik-muhofaza inshootlarining ahamiyati, ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish va favqulodda vaziyatlarda samarali foydalanish bo‘yicha nazariy hamda amaliy-ko‘rgazmali ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil tushuntirishlar berilib, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Mazkur o‘quv seminari respublika miqyosida olib borilayotgan tizimli ishlarning uzviy davomi bo‘lib, xodimlarning favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

 

0

(0 ovoz)