Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

XALQARO MULOQOT MAYDONI: “O‘ZMETKOMBINAT” YETAKCHI KOMPANIYALAR BILAN BIR SAFDA FAOL ISHTIROK ETDI

30.04.2026 30.04.2026 52

   

Toshkent shahrida Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralarining qo‘shma biznes-forumi o‘tkazildi. Ushbu qo‘shma biznes-forumida “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchiligidagi kombinat delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish ishtirok etdi. Forumda ikki mamlakatning yetakchi sanoat korxonalari, investitsiya kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari vakillari jam bo‘ldi. Xususan, Chexiya delegatsiyasi tarkibidan mashinasozlik, energetika, kimyo, farmatsevtika va transport-logistika sohalarida faoliyat yurituvchi 50 dan ortiq yirik kompaniya rahbarlari joy oldi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi sakkiz yil ichida O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshdi. Bugungi kunda mamlakatimizda Chexiya kapitali ishtirokida 36 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va turizm sohalari o‘zaro hamkorlikning muvaffaqiyatli yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Muzokaralar davomida iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishning qator istiqbolli yo‘nalishlari haqida so‘z bordi. Chexiya kompaniyalari mis va boshqa rangli metallarni qazib olish, ularni chuqur qayta ishlash hamda tog‘-kon texnikalarini mahalliylashtirish loyihalariga taklif etildi.

Gidroelektr stansiyalar qurish, kogeneratsiya uskunalarini o‘rnatish, sohani raqamlashtirish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha sheriklikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonning IT-parklari va sohadagi 100 mingdan ziyod mutaxassis salohiyatidan foydalangan holda uchinchi davlatlar bozori uchun qo‘shma raqamli mahsulotlar yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

0

(0 ovoz)