Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”DA MUROJAATCHILAR UCHUN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI

30.04.2026 30.04.2026 103

    

“O‘zmetkombinat” AJda jismoniy va yuridik shaxslar hamda korxona xodimlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida kombinat xodimlari va boshqa murojaatchilar tomonidan ijtimoiy hamda mehnat munosabatlariga oid qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, moddiy yordam ajratish, boshqa ish joyiga o‘tkazish, amaldagi mehnat munosabatlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, “O‘zmetkombinat” AJ bilan tijorat takliflari va shartnomalar tuzish bilan bog‘liq murojaatlar boshqaruv raisi tomonidan atroflicha tinglandi.

Bildirilgan barcha murojaatlar sayyor qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida amaldagi qonunchilik talablari, ichki me’yoriy hujjatlar hamda belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq ravishda ko‘rib chiqildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi masalalar esa belgilangan tartibda tegishli tarkibiy bo‘linmalar va mas’ul xizmatlarga ijro uchun yo‘naltirildi.

Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra, mas’ul bo‘linmalarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi. Mazkur sayyor qabul ham avvalgilari kabi yuqori tashkiliy darajada tashkil etilib, barcha murojaatlar tizimli va manzilli tarzda ko‘rib chiqildi.

 

5.00

(1 ovoz)