Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

METALLURGLAR UCHUN NAVBATDAGI SAYOHAT TASHKIL ETILDI

04.05.2026 04.05.2026 37

    

“O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan korxona ishchi-xodimlari uchun Samarqand shahriga navbatdagi madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Mazkur tashabbus xodimlarning madaniy dunyoqarashini kengaytirish, ularning mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash hamda jamoada ijtimoiy faollikni yanada oshirishga qaratilgan.

Sayohat davomida ishtirokchilar Registon maydoni ansambli, Imom al-Buxoriy majmuasi hamda shaharning boshqa tarixiy-madaniy obidalari bilan yaqindan tanishdilar. Qadimiy va betakror Samarqandning boy tarixiy merosi, ulug‘vor me’moriy yodgorliklari hamda muqaddas qadamjolari sayohat ishtirokchilarida chuqur taassurotlar qoldirdi.

Mazkur sayohat davomida xodimlar nafaqat samarali dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, balki yurtimizning boy madaniy va ma’naviy merosidan ilhomlanib, o‘zaro do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga erishdilar. Bunday tadbirlar jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning mehnat samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

0

(0 ovoz)