+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

“OʻZMETKOMBINAT”DA GAZ VA YONGʻIN XAVFSIZLIGI QURILMALARI HOLATI OʻRGANILDI

“OʻZMETKOMBINAT”DA GAZ VA YONGʻIN XAVFSIZLIGI QURILMALARI HOLATI OʻRGANILDI
1 / 3

   

“Oʻzmetkombinat” AJ OFVB tomonidan korxona hududidagi gazni sovutish, gazni tozalash, tutun chiqarish hamda yongʻinni soʻndirish qurilmalarining texnik holati oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida mavjud uskunalarning belgilangan talab va meʼyorlarga muvofiqligi, ularning ishchi holati hamda xavfsizlik darajasi koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan qurilmalarning samarali ishlashini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ishlab chiqarish xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Mazkur oʻrganish ishlari ishlab chiqarish jarayonida sanoat xavfsizligini taʼminlash, ekologik barqarorlikni saqlash hamda xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş