Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”DA 10 TADAN ORTIQ OLIY TA’LIM MUASSASALARINING KAFEDRALARI OCHILISHI REJALASHTIRILMOQDA

26.05.2026 26.05.2026 85

         
“O‘zmetkombinat”da 10 tadan ortiq oliy OTMning kafedralari ochilishi rejalashtirilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “O‘zmetkombinat” AJga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchiligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, metallurgiya sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Mazkur hamkorlik kelgusida ta’lim va sanoat o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlab, yurtimiz sanoati uchun yetuk, raqobatbardosh va innovatsion fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, dual ta’lim tizimini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda ilm-fan va real sektor integratsiyasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Memorandum doirasida “Bekobod maxsus o‘quv markazi” negizida 10 tadan ortiq oliy ta’lim muassasalari kafedralarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu esa talabalarni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘un holda o‘qitish, nazariya va amaliyotni birlashtirish imkonini yaratadi.

 

5.00

(1 ovoz)