+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

Reja sari ishonchli qadamlar

Reja sari ishonchli qadamlar
1 / 3

  

Kombinatning asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalaridan biri — Zoldir prokat bo‘linmasi jamoasi joriy yil iyun oyi uchun belgilangan ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Oy yakuniga qadar 22 400 tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shundan, diametri 40, 50, 65, 100 va 120 millimetr bo‘lgan po‘lat zoldirlar hamda 100 tonna navli prokat mahsulotlari tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.
Bo‘linma xodimlari ishlab chiqarish sur’atini barqaror saqlash bilan birga, tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Bugungi kunga qadar buyurtmachilarga 18 168 tonna tayyor mahsulot yuklab jo‘natildi.
Jamoaning mas’uliyatli mehnati va ish jarayonlarini samarali tashkil etishi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari hamda shartnoma majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish