+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

YARIM ASRGA YAQIN MEHNAT, YUZLAB SHOGIRDLAR VA UNUTILMAS USTOZLIK MAKTABI

YARIM ASRGA YAQIN MEHNAT, YUZLAB SHOGIRDLAR VA UNUTILMAS USTOZLIK MAKTABI
1 / 6

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «O‘zmetkombinat» AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev kombinatda uzoq yillar mehnat qilgan faxriy xodimlar xonadonlariga tashrif buyurdi. Salkam chorak asrlik mehnat faoliyati davomida ular kombinat rivojiga munosib hissa qo‘shib, yuzlab yosh mutaxassislarga o‘z bilim va tajribalarini o‘rgatgan, ustozlik maktabini yaratgan.Tashrif davomida faxriylar bayram bilan samimiy muborakbod etilib, ularning ko‘p yillik mehnati va kombinat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi. Samimiy suhbatlarda mehnat faoliyati, unutilmas xotiralar va kombinatdagi bugungi yangilanishlar haqida fikr almashildi.Ustozning eng katta merosi — uning shogirdlari.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş