Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ZOLDIR PROKAT BO‘LINMASI — 80 YILLIK SHARAFLI TARIX!

20.10.2026 20.10.2026 38

«O‘zmetkombinat» AJning boy mehnat an’analari va ko‘p yillik tajribasiga ega ishlab chiqarish bo‘linmalaridan biri — Zoldir prokat bo‘linmasining 80 yillik yubileyi tantanali nishonlandi. 1946-yilda 1-navli prokat bo‘linmasi nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan mazkur bo‘linma sakson yil davomida korxona taraqqiyoti va mamlakat metallurgiya sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.Yubiley tantanalariga yillar davomida bo‘linmada samarali mehnat qilib, bugungi taraqqiyot uchun mustahkam poydevor yaratgan nuroniylar ham taklif etildi. Ularning boy hayotiy tajribasi, fidokorona mehnati va kasbga sadoqati alohida e’tirof etildi.Shuningdek, bir qator fidoyi ishchi-xodimlar o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, samarali mehnati va ishlab chiqarishdagi munosib hissasi uchun «Kasb fidoyisi» medali bilan taqdirlandi.80 yillik tarix — bu faxr, sadoqat va minglab insonlar mehnati bilan bitilgan sharafli sahifalardir!

      

     

 

 

0

(0 ovoz)