+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

XITOYLIK YOŞ FUTBOLÇI — «METALLURG» FUTBOL AKADEMIYASI TARBIYALANUVÇISI!

XITOYLIK YOŞ FUTBOLÇI — «METALLURG» FUTBOL AKADEMIYASI TARBIYALANUVÇISI!
1 / 6

XITOYLIK YOŞ FUTBOLÇI — «METALLURG» FUTBOL AKADEMIYASI TARBIYALANUVÇISI!

15 yoşli Xioo Tang futbolçilik faoliyatining navbatdagi bosqiçini Bekoboddagi «Metallurg» futbol akademiyasida davom ettirişga qaror qildi.U Germaniya, Ispaniya va Xitoydagi futbol akademiyalarida tahsil olib, xalqaro tajriba orttirgan. Endilikda esa öz mahoratini «Metallurg» akademiyasida yanada rivojlantirişni maqsad qilgan.Akademiyadagi zamonaviy şaroitlar, maşğulotlar tizimi va murabbiylar salohiyati yoş futbolçining uşbu tanlovida muhim örin tutgan.Xioo Tangning otasi «Özmetkombinat» AJ Boşqaruv raisi — Boş direktor Bahodir Abdullaevga yoş sportçilarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan imkoniyatlar uçun minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, öğlini kelajakda Özbekiston Superligasida töp surayotgan professional futbolçilar safida köriş orzusi ekanini ta’kidladi.Xalqaro tajribaga ega yoş futbolçining «Metallurg»ni tanlaşi akademiya faoliyatiga bildirilgan işonçning muhim ifodasidir.Xioo Tangga yangi jamoasida omad va futbolçilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!


0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş