MATBUOT ANJUMANI O'TKAZILADI
Ertaga 5-yanvar kuni soat 11:00da "O‘zmetkombinat" AJ Ijroiya apparati Muzokaralar zalida kombinat Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tijorat o‘quv kurslari haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumanini "O‘zmetkombinat" AJning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz va o‘z savollaringizni yo‘llashingiz mumkin.