ENG YAXSHI FOTOSURATLAR TANLOVI
"O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida "Kombinat mening nigohimda" mavzusida eng yaxshi fotosuratlar tanlovi e'lon qilinadi.
Tanlovda kombinatning barcha ishchi-xodimlari ishtirok etishlari mumkin.
"Kombinat mening nigohimda" eng yaxshi fotosuratlar tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob beradigan fotosuratlar qabul qilinadi:
- JPEG, PNG, BMP formatlari (HEIC formati qabul qilinmaydi);
- Fotosuratlar – 5 tadan kam bo‘lmagan va 10 tadan ko‘p bo‘lmagan;
- O‘lchamlari kamida (72pix/inch) 1280x600 pikseldan kam bo‘lmagan 5000x3300 pikseldan ko‘p bo‘lmagan;
- fayl hajmi har bir surat uchun 10 MB dan oshmasligi kerak.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan fotosuratlar "O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi tantanalari oldidan kombinatning ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan fotosuratlar 2024-yil 5-may soat 18:00ga qadar Matbuot xizmatiga – +998909775897 raqamiga (Telegram orqali) yuborilishi lozim.
Tanlov g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda quyida ko‘rsatilgan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin I darajali diplom 3 000 000 so‘m
2-o‘rin II darajali diplom 2 500 000 so‘m
3-o‘rin III darajali diplom 2 000 000 so‘m