ISHCHI-XODIMLAR MAMNUN
Kombinat rahbariyati tashabbusi bilan ishchi-xodimlarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasiga qarashli "Uchqun" oshxonasiga suvni filtrlash uskunasi o‘rnatildi. Endilikda oshxonada filtrlangan suvdan foydalanib tayyorlanayotgan taomlar, choy va kompotlar yanada mazali bo‘lmoqda.
Shuningdek, Elektrda po‘lat eritish hamda unga yaqin bo‘lgan bo‘linmalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning filtrlangan suvga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun bufet orqasida maxsus xona tayyorlanib, unga ham suvni filtrlash uskunasi o‘rnatildi. Ishchi-xodimlar ularga yaratilayotgan mana shunday qulayliklardan juda mamnun bo‘lishmoqda.