Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

Resume markaz

06.08.2024 06.08.2024 812

       Fuqarolarni ish bilan ta'minlash sohasida ko‘p ishlar "O‘zmetkombinat" AJda ham amalga oshirilmoqda. «Metall Plaza» mehmonxonasi binosida kombinatda ish topmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun Rezyume taqdim etish markazi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad murojaat qilgan fuqarolarga tezkor xizmat ko‘rsatish, ularga rezyumeni to‘g‘ri to‘ldirishda yordam berish, hujjat tuzishda va kombinatning rasmiy veb-saytida bepul joylashtirishda ortiqcha xarajatlar va chalkashliklarning oldini olishdir. 

       Bundan tashqari va eng muhimi, Markaz turli xil mutaxassisliklar bo‘yicha kombinat uchun tashqi kadrlar zaxirasini yaratishga xizmat qiladi. Qayd etish lozimki, endi kombinatning tarkibiy bo‘linmalarining iltimosiga binoan xodimlari bilan ishlash boshqarmasi tegishli talablar qo‘yilgan vakansiyalarni korxonaning www.resume.uzbeksteel.uz veb-saytida joylashtiradi.

       Rezyume bilan murojaat qilgan fuqarolar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha mehnat qobiliyatlari va bilimlarini aniqlash maqsadida korxonaning Xodimlarni o'qitish va rivojlantirish bo'limiga taklif qilinadi.Maxsus kompyuter texnikasi bilan jihozlangan Xodimlarni o'qitish va rivojlantirish bo'limi nomzodlar dastlabki sinovlardan o‘tkaziladi, so‘ngra testlarni muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng ishlab chiqarishdagi amaliy ko‘nikmalar va bilimlarni aniqlash uchun mutahassisligi bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarga yuboriladi.
       Raqobat tizimining ochiqligi va oshkoraligi uchun ushbu jarayon videotasvirga tushiriladi va suratga olinadi, so‘ng natijalar bo‘yicha bayonnoma tuziladi.Oxirgi bosqichda nomzod bilan – mutahassisligi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar egasi bilan mehnat shartnomasi tuziladi. 

 

Resume to'ldirish uchun blankani yuklab olish

Bo'sh ish o'rinlari bilan tanishish va resumeni sayt orqali jo'natish

 

5.00

(1 ovoz)