+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

TARKIBIY BO‘LINMALAR ORASIDA TANLOV

DIQQAT, TANLOV!

“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 35 yilligi hamda 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan "O‘zmetkombinat" AJ da “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida kombinat  tarkibiy bo'linmalari o'rtasida ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi!

1. “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali tarkibiy bo‘linma” yo‘nalishida quyidagi talablar: - tashqi yozuvlar, shu jumladan, lavhalar, e’lonlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ogohlantiruvchi va ko‘rgazmali axborot matnlari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi; - barcha me’yoriy hujjatlar (kasbga doir LY, MMY, IO‘D, ICHTY, TY va h.k.) davlat tiliga to‘liq tarjima qilinganligi va tasdiqlanganligi;

2. “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tarkibiy bo‘linma” yo‘nalishida quyidagi talablar inobatga olinadi: -Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, shu jumladan, ish yuritishning to‘liq davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi; - barcha me’yoriy hujjatlar (kasbga doir LY, MMY, I, ICHTY, TY va h.k.) davlat tiliga to‘liq tarjima qilinganligi va tasdiqlanganligi inobatga olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmalar n.atakhanova@uzbeksteel.uz elektron manzilda joriy yilning 30-avgustiga qadar qabul qilinadi. Murojaat uchun telefon: 17-77.
Tanlov natijalari “O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida kombinatning internetdagi rasmiy sahifalarida yoritiladi.

Tanlov g‘oliblari quyida ko‘rsatilgan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1- o‘rin I darajali diplom 5 000 000 so‘m
2- o‘rin II darajali diplom 4 000 000 so‘m
3- o‘rin III darajali diplom 3 000 000 so‘m

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş