Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasi
Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasi 2018-yilda ishga tushirilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 25 ming tonnani tashkil etadi. Ferroqotishmalar po‘lat eritishda po‘latning mustahkamligini, bardoshliligi va egiluvchanligini oshirish uchun deoksidlovchi sifatida ishlatiladi. 2022-yilda Ferroqotishmalar bo‘linmasida ferroqotishmalar ishlab chiqarish va elektrda po‘lat eritish uchun zarur bo‘lgan yuqori omli koks ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.