+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

«Ikkilamchi qora metallar» departamenti

«Ikkilamchi qora metallar» departamenti
1 / 3

«Ikkilamchi qora metallar» boshqarmasi 1994-yilda kombinat tarkibiga qo‘shildi. 2021-yildan hozirgi kungacha «Ikkilamchi qora metallar» departamenti sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning tarkibida respublika bo‘ylab 13 ta, shu jumladan Qoraqalpog‘istonda ham filial bor. Departament korxonalari korxona va tashkilotlardan, shuningdek, aholidan qora metal parchalari va chiqindilarini qabul qiladi va qayta ishlaydi. So‘nggi yillarda modernizatsiya dasturiga muvofiq, moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida, «Ikkilamchi qora metallar» korxonalari yangilanib, zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlanmoqda. Ma’lumotlar almashinuvi tezligini ta’minlash, tegishli nazoratni amalga oshirish va ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida hal qilish uchun filiallar 1C dasturiga kiritilgan.

3.9212 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish