Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

YAXSHI DAM - MEHNATGA HAMDAM

25.11.2024 25.11.2024 1626

    

  Joriy yilning 23-noyabr kuni Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir guruh kombinat ishchi-xodimlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnasida namoyish etilgan italiyalik mashhur bastakor Juzeppe Verdining "Rigoletto" operasi tomoshasiga  tashrif buyurishdi. Juzeppe Verdining "Rigoletto" operasi ko‘plab tomoshabinlarni o‘ziga tortadigan dunyodagi eng mashhur opera spektakli. Bu opera yosh qizni sevgilisi uchun o‘zini qurbon qilishga majbur qiladigan haqiqiy va sof sevgini namoyish etadi. Bundan tashqari, unda xiyonat, yollanma qotil, yolg‘iz qizidan ayrilgan, ammo masxara niqobida qolishga majbur bo‘lgan otaning chuqur iztiroblari mavjud.

   Ishchi-xodimlar spektaklda qatnashgan teatrning yetuk aktyor va aktrisalarining go‘zal ijrolaridan bahramand bo‘lishib, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas yorqin tassurotlarga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga shunday madaniy hordiqni tashkillashtirgan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga o‘z minatdorchiliklarini bildirishdi.

 

0

(0 ovoz)