XODIMLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA
Kombinat va Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘rtasida 2024-yil 11-noyabrda tuzilgan shartnomaga asosan kombinat xodimlarini “Fuqaro muhofazasi” mavzusi bo‘yicha malakalarini oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislarini jalb qilgan holda tashkillashtirilgan ushbu kurs 2024-yilning 10-dekabrdan 12-dekabrgacha bo‘lib o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan dars jarayonlarida mutaxassislar "Fuqaro muhofazasi"ning maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tashkil etish tartiblari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi.