"UCH BOSQICHLI HIMOYA" MODELI
Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida kombinat tarkibiy bo‘linmalari xavf koordinatorlari uchun xavflarni boshqarish siyosatiga muvofiq "Uch bosqichli himoya" (3 LoD) modeli doirasida Komplayens xizmati xodimlari tomonidan maxsus seminar o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv kursida Kombinat tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xavf koordinatorlariga korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, strategik operatsion, moliyaviy va komplayens xavflarni boshqarish to‘g‘risida keng qamrovli tushunchalar berildi.