METALLURG FARZANDLARI MIRIQIB HORDIQ CHIQARISHDI
Teatrda bolajonlar Xans Kristian Andersenning "Qor malikasi" nomli mashhur ertagi asosida sahnalashtirilgan "Qor malikasi" spektaklini tomosha qildilar.
Albatta, «Qor malikasi» — ko‘pchilikning bolalikdan sevib tomosha qiladigan qishki ertak-filmi, spektakli hisoblanadi. Ertakdagi Kay va Gerda hikoyasi ko‘pchilikka tanish bo‘lib, uni turli davlatlarda turlicha talqin etishadi. “Qor malikasi” — tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, samimiy do‘stlik, sadoqat va haqiqiy sevgi, shuningdek, yaxshilikning yovuzlik ustidan g‘alabasi haqida hikoya qiladi.
Ajoyib spektaklda qo‘rqmas Gerda Keyni Qor malikasi asirligidan ozod qiladi! Mehr va muhabbatga to‘la qalblar doimo bolalarni ezgulikka chorlaydi.
Spektaklda bolajonlar qo‘g‘irchoq teatri san’atidan bahramand bo‘lishib, ajoyib kayfiyat va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek ishchi-xodimlar yangi yil bayrami arafasida farzandlari uchun shunday madaniy hordiqni tashkillashtirganlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.