+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
1 / 4

   2024-yil 17-dekabr kuni komibinatning Ichki audit xizmati, Reja iqtisodiyot boshqarmasi, G‘aznachilik bo‘limi, Sotib olishlar bo‘yicha boshqarma, Ijtimoiy korporativ mas’uliyat, Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti va Komplayens xizmati xodimlari ishtirokida kombinatning jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish siyosati talablarini o‘rganish hamda zarur chora tadbirlarni ishlab chiqishni tashkillashtirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi. 
   Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirish holatlarini oldini olish maqsadida, ushbu bo‘linmalardan mas’ul xodimlar tayinlandi hamda kombinat ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday xavflarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etishga kelishib olindi.
   Hamkasblarimizga kombinatimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan tizimli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş