YIL SARHISOBI
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Moskva po‘lat va qotishmalar instituti ("MISiS") Olmaliq filialining o‘qituvchi va talabalari "O‘zmetkombinat" AJga ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish maqsadida kelishdi.
2024-yil 16 - 17-may kunlari "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyatining 80 yilligiga bag‘ishlab "INNOMET.UZ-2024" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
"O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyatining 80 yilligiga bag‘ishlab, kombinat ishchi-xodimlari va mehnat faxriylari ishtirokida yugurish marafoni o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi avtoturargohida 900 kVt.s quvvatga ega (on-grid tizimli) quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Quyosh panellari elektr quvvatlarini berish bilan birga avtomashinalar uchun soyabon vazifasini ham bajarmoqda.