KIRIB KELAYOTGAN YANGI YIL MUBORAK!
Yangi yil bayramning qadrli ekanligi, nafaqat yangi yilni kutish va nishonlashda balki o‘tgan yilning barcha yutuq va ko‘ngli to‘lmagan vaqtlarini tahlil qilib, yangi yil uchun rejalar tuzishda ham namoyon bo‘ladi.
Har bir inson yangi yilni o‘z hayotida yangi sahifa ochish yangi imkoniyatlar va yutuqlar sari intilish vaqti sifatida ko‘radi.
Metallurglarimiz ham ishlab chiqarishda qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan g‘ururlangan holda 2025-yilni yaxshi kayfiyat bilan qarshi olishmoqda.
Tarkibiy bo‘linmalarga tashrif buyurgan Qorbobo va Qorqiz ham ularga yuqori kayfiyat ulashib mehnatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.