+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

"RAQAMLI AVLOD IT OROMGOHI 2025"

"RAQAMLI AVLOD IT OROMGOHI 2025"
1 / 8

IT oromgoh qishgi mavsumi doirasida 150 dan ortiq o'quvchilarga offline hamda 4000 dan ortiq o'quvchilarga online tarzda dars mashg'ulotlari quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tashkillashtirildi.
 Robototexnika;
 CyberSport (Dota 2);
 Digital Art;
 Dasturlash (nocode);
 3D modellash;
 AI (GPT)
E’tiborlisi, "O‘zmetkombinat" AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasining tavsiyasiga asosan, kombinat ishchi-xodimlarining a’lo baholarga o‘qiyotgan 15 nafar farzandlari ishtirok etib tengdoshlari orasida yuqori darajada bilimlarini namoyish etishdi.
“Raqamli avlod IT oromgohi 2025" ishtirokchi yoshlar uchun tajribali mentorlar va zamonaviy texnologiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli loyihalar, yangi do‘stlar va foydali tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad axborot texnologiyalari sohasiga yoshlarni jalb qilish, qiziqtirish, zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish va iqtidorlilarini rag‘batlantirish, taqdirlashdan iborat.
“Raqamli avlod IT oromgohi 2025"  yakuniga ko'ra iqtidori yuqori bo‘lgan 5 nafar metallurg farzandlari maxsus sertifkat va sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş