"ENG YAXSHI RASMLAR" TANLOVI
Ushbu ko‘rik tanlovning yakuniy natijalarini e’lon qilish maqsadida bugun «O‘zmetkombinat» AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi majlislar zalida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovda 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘zlarining yangicha va kreativ san’at asarlari bilan ishtirok etdilar. Ularning har bir ishi alohida e’tiborga ega bo‘lib, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan «O‘zmetkombinat» AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayeva barcha ishtirokchilarni alohida taqdirlab, ularga omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Sovrindorlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alarini topshirish marosimida, yuksak ijodiy ko‘rsatkichlar uchun minnatdorchilik bildirildi.