+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

"YANGI YIL BOLALAR BILAN"

"YANGI YIL BOLALAR BILAN"
1 / 6

   To‘garak rahbari Gulnoza Turdiboyeva boshchiligida sahnalashtirilgan konsert dasturi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

   Dastur davomida Milliy, Rus, Hind va boshqa millatlariga mansub bo‘lgan serjilo raqslar ko‘ngillarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.
   Konsert yangi yil bayrami kunlarida o‘tkazilganligi sababli Qorbobo va uning nabirasi Qorqizning sarguzashtlari, ertak qahramonlarining ishtirok etishi barchada katta taassurot qoldirdi.
   G. Turdiboyevaning ta’kidlashicha - "Har bir xalqning Raqs an’analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo‘lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar ta’sirida tarkib topib rivojlangan. Raqs xalq marosimlari, bayramlarining tarkibiy qismidir, biz raqslarni sahnalashtirish davomida har bir xalqning shu tomonlariga alohida e’tibor qaratdik".
   Chindan  raqs musiqa bilan uzviy bog‘liq, musiqa mazmunini obrazlar vositasida ochib beradi. Bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir yoshlarga va bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş