Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ISHLAB CHIQARISHIDA MUNOSIB NATIJALARGA ERISHMOQDALAR.

31.01.2025 31.01.2025 176

     

   Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu bo‘linma xodimlari kombinatda amalga oshirilayotgan islohotlarning, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi kunda bo‘linmada mamlakatimizning eng yirik investitsiya loyihalaridan biri bo‘lgan Quyuv-prokatlash majmuasining qurilishi uchun asosiy buyurtma bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
   Ular shu davr mobaynida Quyuv-prokatlash majmuasi binolari uchun fermalar, to‘sinlar, zinapoyalar va to‘siqlar, shuningdek, po‘lat quyish qozonlari uchun qopqoqlar tayyorlab berishdi. Bundan tashqari, bo‘lim xodimlari kombinatning asosiy tarkibiy bo‘linmalari uchun ham bir qancha buyurtmalarni bajarib, munosib mehnat qilishmoqda.

   Masalan, Navli prokatlash bo‘linmasining kapital ta’mirlashga ketadigan metall konstruksiyalar, Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasining ta’mirlash ishlariga suv bilan sovitiladigan panellar, kovsh va promkovsh qopqoqlari, Zoldir prokatlash bo‘linmasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari uchun turli xildagi metall buyumlari, Ferroqotishmalar bo‘linmasiga qisuvchi halqalar, sovitish qobiqlari kabi ishlarni bajarib munosib natijalarga erishib kelishmoqda.

 

0

(0 ovoz)