O‘QUV-AMALIY SEMINAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur seminarda vazirlik va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari ishtirok etishdi. Seminar davomida Davlat idoralarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holati bo‘yicha reyting tizimini joriy qilish taklif qilindi. Bu haqda tizimdagi mas’ul xodimlar uchun tashkil qilingan o‘quv-amaliy seminarda so‘z bordi.
Qolaversa, joriy yildan vazirlik, idora va tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar baholanib, reyting shaklida e’lon qilish taklifi ham ilgari surildi. Shunga ham to‘htalish kerakki, 2025-yilda “Каlendar reja”ga asosan faoliyatdagi kreativ usul va zamonaviy yondashuvlar e’tiborga olinadi.
Ushbu o‘quv-amaliy seminarda "O‘zmetkombinat" AJ ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi Nigora Ataxanova ham ishtirok etdi.