OROMGOHDA BESHINCHI MAVSUM OCHILDI
Bugun “Sohil” bolalar oromgohida shu yildagi yozgi mavsumning beshinchisi – yakuniy bosqichi boshlandi. “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorlikda korxona xodimlarining alohida e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj farzandlari uchun 160 ta bepul yo‘llanma ajratildi.
– Yangi mavsum 6-avgustdan 18-avgustgacha davom etadi, – deydi oromgoh direktori Komila Hakimova. – Dam olish dasturi avvalgidek, bolalar uchun tadbirlarga boy, sermazmun va qiziqarli tashkil etiladi.
Oromgohda tajribali maktab o‘qituvchilari, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari faoliyat yuritmoqda. Bu esa bolalarga maroqli dam olishlari bilan birga, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, g‘amxo‘rlik va shaxsiy o‘sish muhitini yaratadi.
Mavsum davomida bolalarni turli sport musobaqalari, ijodiy mahorat darslari, intellektual o‘yinlar, kechki tadbirlar, sayrlar va suzish mashg‘ulotlari kutmoqda.
Yakuniy mavsumda bolalar oromgohda yanada yorqin o‘tkazishlari va ular unutilmas taassurotlar olishlari kutilmoqda.