G'OLIB VA SOVRINDORLAR ANIQLANDI
Bugun Metallurglar madaniyat saroyida kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida spartakiada boshlandi. Dastur doirasida dastlab shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi.
Kunning ikkinchi yarmida esa ayollar o‘rtasida shashka bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar yuqori darajada tashkil etilishi bilan birga istirokchilarning ko'tarinki ruhda dona surisglari bilan ajralib turdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:
Zilola Xujanova (Ijroiya apparati)
Zulayho Hakimova (Kombinat markaziy laboratoriyasi)
Mavluda Kenjayeva (Ijroiya apparati)
Ertaga, 16-avgust kuni “Metallurg” sport majmuasida spartakiada davom etadi. Unda stol tennisi (erkaklar va ayollar), darts (ayollar) va 100 metrga yugurish (erkaklar) bo‘yicha musobaqalar rejalashtirlgan.