Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

“O‘zmetkominat” AJ Boshqaruv raisi – bosh direktor Abdullaev Bahodir Tojimirzaevichning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

31.08.2025 31.08.2025 36


 

Hurmatli metallurglar, aziz bekobodliklar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman! 1-sentabr – xalqimizning birdamligi, milliy qadriyatlarimiz tiklangan, buyuk istiqlolga erishilgan ulug‘ sana sifatida qalbimizdan mustahkam joy olgan. Mustaqillik – bizga erkin hayot, taraqqiyot va farovonlikka eltuvchi keng imkoniyatlarni taqdim etdi. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlik va barqarorlik xalqimizning porloq kelajakka ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Qora metallurgiya sohasida yetakchi bo‘lgan “O‘zmetkombinat” AJ mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin egallab, ishlab chiqarish hajmini oshirish, energiya va resurslarni tejovchi hamda ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etish borasida katta qadamlar qo‘ymoqda. Kombinatda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va investitsiya loyihalari, jumladan “Quyuv-prokatlash majmuasi” qurilishi, ishlab chiqarish quvvatlarini ikki barobarga oshirishi, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmini kengaytirishi hamda eksport salohiyatini mustahkamlashi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun korxona mahsulotlari nafaqat mamlakatimizda, balki Yevropa va qo‘shni davlatlarda ham yuqori talabga ega bo‘lib, yangi bozorlarni o‘zlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Hurmatli metallurglar!

Sizlarni mustaqillik bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Bayram kayfiyati va istiqlol shodu xursanchiligi yuragingizga ezgulik bag‘ishlasin! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va mehnatda katta zafarlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun minnatdorlik bildiraman.

 

 

0

(0 ovoz)