MUSTAHKAM VA ISHONCHLI
“O‘zmetkombinat” AJda ishlab chiqarilgan temir burchak — vaqt va texnologiyalar sinovidan o‘tgan mustahkamlik va ishonch timsoli.
Biz turli o‘lchamdagi temir burchaklarni ishlab chiqaramiz. Ulardan foydalansangiz sizning kichik konstruksiyalardan tortib yirik sanoat obyektlarigacha amalga oshirilayotgan loyihalaringiz albatta muvaffaqiyat keltiradi.
mukammal tekis geometriya
yuklamalar va deformatsiyalarga chidamlilik
uzoq xizmat muddati
Shu sababli bizning temir burchaklarimiz qurilishda, mashinasozlikda va metallkonstruksiyalar tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
“O‘zmetkombinat” bilan har bir loyiha yanada mustahkam va ishonchli bo‘ladi!