DUNYONING ENG YIRIK KOMPANIYALARIDAN BIRI “OʻZMETKOMBINAT” AJ FAOLIYATINI OʻRGANMOQDA
Xabaringiz bor, yaqinda “Oʻzmetkombinat” AJda xalqaro hamkorlik doirasida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Xitoyning dunyoga mashhur "Jianlong Group" kompaniyasidan 18 nafar vakil ishtirok etmoqda.
Mehmonlar kombinatning Bosh rejasi bilan yaqindan tanishib, istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun potensial hududlarni o‘rgandilar. Bu jarayon davomida ikki tomon mutaxassislari mavjud imkoniyatlarni tahlil qilib, kelajakdagi hamkorlik uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishdi.
Xitoylik ekspertlar o‘z tajribalarini o‘rtoqlashar ekan, “Oʻzmetkombinat” mutaxassislari bilan birgalikda yangi g‘oya va yechimlarni muhokama qilishdi. Bu esa nafaqat korxonaning rivojlanish rejalari, balki butun sanoat tarmog‘i uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun “Oʻzmetkombinat” xalqaro miqyosda barqaror rivojlanish va innovatsion loyihalar sari izchil qadam tashlamoqda.