+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

LONDONDA J.P. MORGAN BANKI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

LONDONDA J.P. MORGAN BANKI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
1 / 2

“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi, Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchiligida Londonda J.P. Morgan vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kompaniya faoliyati, moliyaviy natijalari va investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Tomonlar evroobligatsiyalar chiqarish istiqbollari, xalqaro kredit reytingini yanada yaxshilash imkoniyatlari hamda loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini muhokama qildilar.

J.P. Morgan banki vakillari kompaniyaning xalqaro bozorlardagi barqaror mavqeini alohida ta’kidlashdi va hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun:
J.P. Morgan banki — dunyodagi eng yirik moliyaviy institutlardan biri bo‘lib, investitsion банкинг, aktivlarni boshqarish va kapital bozorlarida xizmatlar ko‘rsatadi. Bank dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi.
 

3.754 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş