+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

“ICBC STANDARD BANK” VAKILLARI BILAN LONDONDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

“ICBC STANDARD BANK” VAKILLARI BILAN LONDONDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

“O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev rahbarligida Londonda "ICBC Standard Bank" vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda korxonaning faoliyati, moliyaviy natijalari va investitsiya loyihalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Tomonlar sanoat loyihalarini moliyalashtirish, xalqaro kredit liniyalari va uzoq muddatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

"ICBC Standard Bank" vakillari “O‘zmetkombinat” faoliyatini ijobiy baholab, bank O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyalashtirish jarayonlarida faol ishtirok etayotganini ta’kidladilar. Tomonlar loyihalarni birgalikda moliyalashtirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun:
"ICBC Standard Bank" - Xitoyning "Industrial and Commercial Bank of China" (ICBC) va Janubiy Afrikaning "Standard Bank Group" kompaniyalarining qo‘shma korxonasi bo‘lib, London shahrida joylashgan. Kompaniya xomashyo va tovar bozorlari, investitsiya bankchiligi hamda moliyaviy bozorlar sohalarida global miqyosda faoliyat yuritadi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş