Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” delegatsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishdi

16.10.2025 16.10.2025 129

  

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktori Bahodir Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, bu mamlakatning yetakchi metallurgiya texnologiyalari ishlab chiqaruvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir (DRI) ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha Hindiston tajribasini muhokama qildilar. Kompaniya vakillari o‘z faoliyati va dunyo miqyosida amalga oshirgan 40 dan ortiq yirik loyihalar haqida taqdimot o‘tkazib, so‘nggi yirik loyihasi Eron Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir ishlab chiqarish zavodi barpo etilgani haqida ma’lumot berdilar.

Uchrashuv davomida Hindiston tajribasini o‘rganish, yangi texnologiyalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik jihatdan takomillashtirish hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar yaqin kelajakda mutaxassislar guruhi “O‘zmetkombinat”ga tashrif buyurib, mavjud texnologiyalarni o‘rganishi va texnik audit o‘tkazishi, shuningdek hamkorlikning amaliy bosqichini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

 

4.00

(1 ovoz)