KOMBINAT XODIMLARI MUZEY VA TEATRGA TASHRIF BUYURISHDI
Kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan bir guruh kombinat ishchi-xodimlari Toshkent shahridagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida metallurglarimiz mamlakatimizdagi kasaba uyushmalarining shakllanish va rivojlanish tarixi bilan yaqindan tanishishdi.
Muzeyga tashrifdan so‘ng xodimlarimiz O‘zbek Milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Eringizni menga soting” nomli spektakl tomoshasida bo‘lishdi.
Komediya janridagi ushbu spektakl o‘zining hazil-mutoyibaga boy sahnalari, muhabbat va oila mavzusini samimiy tarzda aks ettirgan ijrosi bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.